2024-yil 1-yanvardan boshlab Bolalar uylari, Mehribonlik uylari, Bolalarni himoya qilish shoʻbalari hamda oilaviy bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga oʻtkazildi. Bu Prezidentning “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” farmoniga asosan amalga oshirildi.
Shu paytga qadar Bolalar uylari Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida, Mehribonlik uylari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida, Bolalarni himoya qilish shoʻbalari hamda oilaviy bolalar uylari esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida boʻlgan.
Ushbu muassasalarni Agentlik tizimiga oʻtkazishdan asosiy maqsad, aholini ijtimoiy himoyalash yoʻnalishida yagona davlat siyosati va boshqaruv tizimini yaratishdir.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!