Oʻzgidrometning xabar berishicha, 11-yanvar soat 8:00 dagi atmosfera havosi monitoringi avtomatik stansiyalari maʼlumotlariga koʻra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10 dispersli zarrachalarining miqdori 191,4 mkg/m3 ni tashkil etdi, SanEQvaN 0293-11 (500 mkg/m3) boʻyicha ruxsat etilgan meʼyordan oshmadi.
PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 85,5 mkg/m3 ni tashkil etdi, JSST tavsiyalaridan 1️7 marta oshdi (5 mkg/m3).
Uglerod oksidi CO (avtotransport va sanoat korxonalari chiqindilari) 0,8 mg/m3 ni tashkil etdi, SanEQvaN 0293-11 (5 mg / m3) boʻyicha ruxsat etilgan meʼyordan oshmadi.
IQAir xizmati reytingida Toshkent shahri 10-oʻrinda turibdi.
Poytaxt aholisiga niqob taqib yurish tavsiya etilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!