Jahon

G’azo atrofida aylanayotgan Blinken Misr rahbari bilan uchrashdi

G’azo atrofida aylanayotgan Blinken Misr rahbari bilan uchrashdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 11-yanvar kuni Qohirada Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashib, Isroil va uning qo‘shnilari o‘rtasida G‘azodagi urush bo‘yicha qizg‘in diplomatik bahsni yakunladi. Bu haqda «Al Arabiya» nashri xabar berdi.

Tashrif as-Sisining Qizil dengizdagi Aqaba portida Iordaniya qiroli Abdulloh va Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashganidan bir kun oʻtib, ro’y berdi. Aqaba yig’inida ko’rilgan birinchi masala G’azo inqirozining Iordaniya, G’arbiy qirg’oq va Suriya hududiga tarqalishiga yo’l qo’ymaslik bo’lgan edi. Mahmud Abbosning bu yig’inda ishtiroki esa uchrashuvda ayrim yopiq masalalarning ham yuzaga ko’tarilgan bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi shubhalarga sabab bo’ldi. Oradan ko’p o’tmay, bu kengash a’zolari bilan alohida-alohida uchrashishga intilayotgan Blinken arab nashrlarining asosiy mavzusiga aylanib qoldi.

Xabarda aytilishicha, Aqabada Misr va Iordaniya rahbarlari Isroil zulmi 2,3 million aholini o’z uylaridan siqib chiqarmasligi kerakligi, hudud Isroil «homiyligi» ga o’tib ketmasligi shartligi haqida gaplashishgan. Isroil va uning amerikalik tarafdorlari esa sionist rahbariyatda bunday reja mavjud emasligini aytgan.

Misrda Blinken nima masalani ko’targani hozircha noma’lum. AQSH Bosh kotibi so’nggi bir oy ichida 9 marta arab davlatlari vakillari bilan uchrashuvda bo’ldi. Okkupatsiyani qo’llayotgan Isroildan farqli ravishda AQSH va arablar o’rtasida diplomatik almashinuv misli ko’rilmagan darajada faollashib ketdi. Yaqin Sharq arab hukumatlari G’azo borasida umumiy tamoyil topishga va unga suyanishga intilmoqda. Hozircha bu tamoyil G’azo hududi mahalliy arablarda qolgani holda, uning suverenitetini 2007-yildan oldin bo’lgani kabi G’arbiy qirg’oqdagi Mahmud Abbos hokimiyatiga topshirish va Falastinning AQSH tomonidan tan olinishiga erishish bo’lishi mumkin.