Jahon

«Hizbulloh» AQSH qo’shinlariga hujum qilishi mumkin — AQSH razvedkasi

«Hizbulloh» AQSH qo’shinlariga hujum qilishi mumkin — AQSH razvedkasi

Livandagi «Hizbulloh» guruhi Yaqin Sharqda turgan AQSH harbiy qismlariga hujum qilishi mumkin. Bu haqda AQSH razvedka boshqarmasi ma’lumotiga asoslanib «Politico» nashri xabar berdi.

Ushbu tahlil so’nggi haftadagi razvedka ma’lumotlariga asoslanishi aytiladi xabarda. AQSh rasmiylariga ko’ra, Livandagi «Hizbulloh» Yaqin Sharqda amerikaliklarga qarshi kayfiyatdagi kuchlarni jamlamoqda. Unga ko’ra, hujum nafaqat Yaqin Sharqda, balki AQSH ichida ham ro’y berishi mumkin.

Aytish kerakki, 9-10 yanvar kunlari Qizil dengizda Yaman hutiylari tomonidan AQSH yuk tashuv kemalariga, Iroqda esa shia qurolli guruhlari tomonidan xorijiy koalitsiyaning to’planish nuqtalariga stixiyali hujumlar tashkil etilgan edi.