Yangiliklar

“KAPITAL SUGʻURTA” AJ jarimaga tortildi, litsenziyasi 10 kunga toʻxtatildi

“KAPITAL SUGʻURTA” AJ jarimaga tortildi, litsenziyasi 10 kunga toʻxtatildi
Foto: Avtotochki.uz

“KAPITAL SUGʻURTA” AJning moliyaviy hisobotlarini oʻrganish natijalariga koʻra, qonunchilik hujjatlarida belgilangan meʼyorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, natijada 162 mln soʻm miqdorida jarima solindi. Bu haqda Regulyator xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 47-moddasi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni 32-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “KAPITAL SUGʻURTA” AJga sugʻurta faoliyatini amalga oshirish boʻyicha berilgan 2022-yil 22-noyabrdagi 049696-sonli litsenziya 2024-yil 11-yanvar sanasidan boshlab 10 kun muddatga toʻxtatildi.

“KAPITAL SUGʻURTA” AJ litsenziyasining amal qilishini toʻxtatib turish muddati davrida yangi sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalarini uzaytirish taʼqiqlanadi.

“KAPITAL SUGʻURTA” AJ ilgari tuzilgan sugʻurta (qayta sugʻurta) shartnomalari boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart”, – deyiladi xabarda.