O‘zbekiston

Rossiyada yetti nafar o’zbekistonlik baxtsiz hodisa tufayli halok bo’ldi

Rossiyada yetti nafar o’zbekistonlik baxtsiz hodisa tufayli halok bo’ldi

Ichida o’zbekistonliklar bo’lgan transport vositasi Rossiya federatsiyasining Penza viloyatida halokatga uchradi. Oqibatda 7 nafar o’zbekistonlik migrant halok bo’ldi. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ushbu xabarni rasman tasdiqlagan.

Xabarda aytilishicha, JAC mikroavtobusi Moskva tomon harakatlanib ketayotganda qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Dastlab ikki kishi jarohatlangani xabar berilgan. Keyinchalik esa O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yetti nafar shaxs halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 238-moddasi 3-bandi (isteʼmolchilar xavfsizligi va sog‘lig‘ini taʼminlash talabiga javob bermaydigan ravishda xizmat ko‘rsatish va ehtiyotsizlik oqibatida ikki va undan ko‘p odamlarning o‘limiga sababchi bo‘lish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qozon shahridagi O’zbekiston Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi mutasaddilari tan jarohat olgan fuqarolarga va halok bo’lganlarning jasadlarni O‘zbekistonga jo‘natishda yordam ko’rsatilishini ma’lum qilishgan.