Yangiliklar

Toshkentda oʻzgalar nomiga kredit olgan shaxslar qoʻlga olindi

Toshkentda oʻzgalar nomiga kredit olgan shaxslar qoʻlga olindi
Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi

Toshkent shahri, Mirobod tumanida yashovchi 61 yoshli Sh.O. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, ularning nomiga nomaʼlum sabablarga koʻra onlayn kredit rasmiylashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida yashovchi 39 yoshli S.A. sodir etganligi aniqlangan.

Unga koʻra, S.A., Sh.O.ga “SMS” xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, ularning nomidan mobil ilova orqali roʻyxatdan oʻtib, onlayn tarzda 30 mln. soʻm onlayn kredit rasmiylashtirib, oʻsha vaqtning oʻzida mazkur pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (Oʻgʻrilik qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, S.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda