Yangiliklar

12-yanvar kuni havo harorati 9-14 daraja iliq boʻladi

12-yanvar kuni havo harorati 9-14 daraja iliq boʻladi

Bugun kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet. 

Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, kechga tomon Navoiy viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 9-14° iliq,  shimolda 0-5° iliq boʻladi.

Poytaxtda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq boʻladi.

Togʻli hududlarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° iliq boʻladi.