Yangiliklar

2023-yilning soʻnggi oyida poytaxtda ijara narxlari tushdi

2023-yilning soʻnggi oyida poytaxtda ijara narxlari tushdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2023-yilning dekabr oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qildi.

Unga koʻra, 2023-yil dekabr oyida Toshkent shahrida oʻrtacha va toʻliq taʼmirlangan uy-joy ijara narxlarida tushish kuzatilgan. Lekin, 4 xonali xonadonlar ijara narxlarida koʻtarilish qayd etilgan.

2023-yilning soʻnggi oyida oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari noyabr oyiga nisbatan oʻrtacha 0,3%ga pasaygan.

Ushbu guruhda 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari noyabr oyiga nisbatan oʻrtacha 0,2% ga pasayib, $400 ni tashkil etgan boʻlsa, 2 xonali xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlari ($443) 1% ga, 3 xonali uylarning ijara narxlari ($515) 0,7% ga arzonlagan. 4 xonali uylarning oʻrtacha ijara narxlari ($594) esa 0,7% ga oshgan.

“Toʻliq taʼmirlangan guruhdagi uylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxlarida 0,4% ga tushish kuzatildi. Xususan, shahar boʻyicha 1 xonali uylar uchun oʻrtacha ijara narxlari ($476) 2% ga arzonlagan boʻlsa, 2 xonali ($653) va 3 xonali ($782) uylar uchun ushbu koʻrsatkich mos ravishda 0,3% va 0,4% ni tashkil etgan. Lekin, 4 xonali uylar uchun oʻrtacha ijara narxlari 0,9% ga qimmatlab, $915 ga yetgan”, – deyiladi xabarda.