Yangiliklar

Buxoroda ishchi oʻzini otib qoʻydi

Buxoroda ishchi oʻzini otib qoʻydi

Buxoro Davlat universiteti Talabalar turar joyi qozonxonasida taʼmirlash ishlarini olib borayotgan ishchi oʻzini otib qoʻydi va voqea joyida vafot etdi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, marhum X.M. mahalliy qurilish tashkilotlaridan birining ishchisi boʻlgan. Holat 2024-yilning 10-yanvar kuni soat 16:20da Buxoro davlat universiteti Talabalar turar joyiga yaqin hududda sodir boʻlgan.

Aniqlanishicha, 33 yoshli marhum yotoqxonaga yaqin manzilda turgan oʻz avtomashinasiga oʻtirgan va yonida boʻlgan pnevmatik qurolni qoʻliga olgan va ehtiyotsizligi sabab tana qismiga yaqin tutgan holda tepkini bosib yuborgan. Oqibatda uzining chap koʻkrak qismi jarohatlangan.

X.M. avtomashinasidan tushib, yotoqxonaning birinchi qavatida joylashgan tibbiyot punktiga birinchi yordam soʻrab borgan. Birinchi yordam koʻrsatilgan, biroq qon yoʻqotishi oqibatida u vafot etgan.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati munosabat bildirdi. Taʻkidlanishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. 

Marhumning oʻlimi boʻyicha sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.