Yangiliklar

Chilonzor tumanining ayrim hududlarida “svet” vaqtincha oʻchiriladi

Chilonzor tumanining ayrim hududlarida “svet” vaqtincha oʻchiriladi

Uzoq vaqt davomida foydalanishda boʻlgan elektr taʼminoti kabellarini, transformatorlarni modernizatsiya qilish hamda shu orqali isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida, 12-yanvar kuni 12:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:

Chilonzor tumanidagi – ATS-277, 126, 127, “Novza”, “Oriyent Finans Bank” Chilonzor filiali hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” banki, “Rohat” mehmonxonasi, “Uzenergosozlash” UK, “Sezam” radiokanali, “Minor” kinostudiyasi, Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi, “Inter Kapital” QK, “Navbahor Sanoat” MCHJ, Geodeziya va kartoggrafiya milliy markazi, Bozor islohotlari instituti, Bolalar poliklinikasi, Gofur Gulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi,  Chilonzor tibbiyot kolleji, Toshkent tibbiy diognostika markazi, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi, Nafis Sanʼat litseyi, Chilonzor tuman hokimligi, Musiqiy komediya teatri (operetta), Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi hamda  “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ. 

Shuningdek, Chilonzor C mavzesi, 3-6-mavzelar, “Gavhar”, “Dombirobod”, “Katta Dombirobod”, “Naqqoshlik”, “Qozirobod”, “3-Katta Chilonzor” hamda “Katta Navbahor”  MFYlarining koʼchalari vaqtinchalik elektr taʼminotidan uziladi.

“Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz”, — deyiladi xabarda.