Yangiliklar

Noqonuniy ish oʻrinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad soligʻi toʻlovchilar 263,2 ming nafarga koʻpayib, 5,3 mln taga yetdi

Noqonuniy ish oʻrinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad soligʻi toʻlovchilar 263,2 ming nafarga koʻpayib, 5,3 mln taga yetdi
Ilyustrativ foto

2023-yil yakuniga koʻra oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar soni 2,5 mln nafarni tashkil etdi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova maʼlum qildi.

Noqonuniy ish oʻrinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad soligʻi toʻlovchilar 263,2 ming nafarga koʻpayib, 5,3 mln taga yetdi. Shuningdek, ish haqining oshirilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha qoʻshimcha 1,9 trln soʻm tushirish imkoniyatini berdi.

Oʻtgan yil davomida 90 mingga yaqin yuridik shaxs roʻyxatga olinib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 570,4 mingtaga va 97 mingdan ortiq fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor cafiga qoʻshilib, jami faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 240,7 ming nafarga yetdi.

Soliq tushumlari boʻyicha 2023-yil uchun 163,8 trln soʻm yillik prognoz amalda 165,9 trln soʻm (101,3%) yaʼni 2,1 trln soʻm ortigʻi bilan bajarildi.