Toshkent shahrida yogʻingarchiliklar oqibatida hududlarda suv toʻplanib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va taʼmirlash koʻzda tutilgan. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu ishlar doirasida, poytaxtning Binkat koʻchasi toʻliq, Rixsiliy koʻchasi 2024-yil 12-yanvar soat 10:00 dan 14-yanvar 21:00 gacha qisman yopildi. Harakat Rixsiliy koʻchasida yoʻlning bir tomonidan har ikki yoʻnalishda amalga oshiriladi.
“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻragan holda, haydovchilarga shu vaqt oraligʻida aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!