11-yanvar kuni Oʻzbekiston Havo Yoʻllarining Toshkent-Istanbul yoʻnalishidagi HY271 raqamli aviaparvozi Anqara shahriga favqulodda qoʻnishi amalga oshirildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi xabar bermoqda.
Oʻrganilgan maʼlumotlarga koʻra, 1946-yilda tavallud topgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi X.T. davom etib kelayotgan surunkali kassallikka shifo topish ilinjida Turkiyaning Istanbul shahriga kelayotganligi, biroq aviaparvoz chogʻida bemor sogʻligʻi yomonlashganligi va yurak huruji boshdan kechirganligi oʻrganildi.
Ekipaj hamda yoʻlovchilar hamrohligida birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan hamda yurak pulsining toʻxtashi kuzatilgach, tibbiy koʻnikmaga ega boʻlgan kishilar tomonidan yurak massaji qilingan. Biroq muolaja saʼy-harakatlarga qaramasdan fuqaroning hayoti saqlanib qolina olinmagan.
“Oʻzbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi tomonidan vatandoshimizga tegishli konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilganligini hamda marhum jasadining 12-yanvarda Oʻzbekistonga joʻnatilishi taʼminlanganligini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!