Yangiliklar

Ichimlik va oqova suv tarmoqlari boʻyicha debitor qarzdorlik 938,7 mlrd soʻm tashkil etmoqda

Ichimlik va oqova suv tarmoqlari boʻyicha debitor qarzdorlik 938,7 mlrd soʻm tashkil etmoqda
Ilyustrativ foto

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodovning maʼlum qilishicha, bunda jismoniy isteʼmolchilar qarzdorligi 757,3 mlrd soʻmni tashkil etsa, 181,4 mlrd soʻmlik qarzdorlik yuridik isteʼmolchilar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Bugungi kunga qadar debitor qarzdorlikni qisqartirish boʻyicha sudlarga jami 33,4 ming ta 143,4 mlrd soʻmlik daʼvo arizalar kiritilgan.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ va hududiy korxonalari tomonidan oʻtgan davr mobaynida 76 ming marotabaga yaqin reyd tadbirlari oʻtkazildi. Ushbu reydlar davomida 12,7 ming ta qoidabuzarlik holatlari aniqlangan boʻlib, jami 80,6 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, 8,7 ming ta holatda isteʼmolchilar tomonidan suv oʻlchagichdan foydalanish qoidalariga amal qilinmagani aniqlanib, 34,9 mlrd soʻm zarar yetkazilgani aniqlandi.