Yangiliklar

Miroboddagi kafelardan birida yongʻin sodir boʻldi

Miroboddagi kafelardan birida yongʻin sodir boʻldi

Bugun, 13-yanvar kuni soat 09:39 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Sarakul koʻchasida joylashgan kafelarning birida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:44 da yetib borib, yongʻin soat 10:06 da oʻrab olingan va soat 10:35 da oʻchirilgan.  

Yongʻin natijasida kafe binosining taxminan 150-200 kv.m maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan. 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻindan 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Yongʻin sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.