Yangiliklar

Oʻzbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati qanday boʻladi?

Oʻzbekistonda kelasi hafta boshida havo harorati qanday boʻladi?
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Oʻzgidromet mamlakatda kelgusi hafta avvali — 15—17-yanvar kunlari qanday ob-havo boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 16-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 17-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 16-17-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16-yanvarda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 15-yanvarda 0-5° iliq, 16-yanvarda 5-10° iliq, 17-yanvarda 7-12° iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida 15-yanvarda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq, 16-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 17-yanvarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 16-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 17-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 16-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 17-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16-17-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16-yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 16-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 17-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 17-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-yanvarda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 16-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 17-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 15-16-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 17-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 16-17-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.