Yangiliklar

Poytaxtda fuqarolarning hisob raqamidagi pullarni yechib olgan shaxslar ushlandi

Poytaxtda fuqarolarning hisob raqamidagi pullarni yechib olgan shaxslar ushlandi
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Fuqaro IIBBga murojaat qilib, uning bank plastik kartasidagi 460 mln soʻm pul nomaʼlum shaxslar tomonidan yechib olinganini aytgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Murojaat asosida olib borilgan tadbirlar davomida jinoiy guruh aʼzolari jabrlanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini qoʻlga kiritgan holda jabrlanuvchiga tegishli pullarni mobil ilovalar orqali yechib olganligi aniqlangan. Jinoyatchilar daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan JKning 169-moddasi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shuningdek, qoʻlga olingan shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.