Samarqand viloyatida kuchli shamol esishi natijasida ayrim elektr tarmoqlari xavfsizlikni taʼminlash maqsadida oʻchirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Buning natijasida Urgut, Pastdargʻom, Samarqand tumanlari hamda Samarqand shahri isteʼmolchilari qisman (12 500 ta) elektr taʼminotidan uzilgan. Kuchli shamol esishi toʻxtagach, elektr energiyasi yetkazib berilishi taʼminlanadi.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!