Yangiliklar

Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd soʻmlik olmoslarni olib kirishga uringan shaxslar toʻxtatib qolindi

Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd soʻmlik olmoslarni olib kirishga uringan shaxslar toʻxtatib qolindi
Foto: Davlat bojxona qoʻmitasi

Toshkent xalqaro aeroportida Dehlidan uchib kelgan yoʻlovchining paltosi choʻntagidan 281 karat xajmdagi olmos qimmatbaho toshlari topilgan. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan fosh qilingan mazkur holatda yoʻlovchi bojxona nazoratiga taqdim etmagan olmoslarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 873 mln soʻmdan oshmoqda.

Hindistondan uchib kelgan yana bir yoʻlovchining bagajini koʻzdan kechirish davomida ushbu xorijiy fuqaro ham 57 dona turli oʻlchamdagi olmos toshlarini yashirincha olib kirishga uringani fosh boʻldi.

Foto: Davlat bojxona qoʻmitasi

Bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan qimmatbaho toshlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 942 mln soʻmdan oshmoqda.

“Eslatib oʻtamiz, respublikamiz bojxonachilari 2023-yilda aniqlangan 394 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 32,4 mlrd. soʻmlik 163 kg zargarlik buyumlari, shu jumladan qimmatbaho toshlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib oʻtilishining oldini olishdi”, — deyiladi xabarda.