Yangiliklar

Yangiyoʻldagi gaz zapravkada yongʻin chiqdi

Yangiyoʻldagi gaz zapravkada yongʻin chiqdi

12-yanvar kuni soat 22:13da Yangiyoʻl tumani, “Qoʻshyogʻoch” MFYda joylashgan “DELTA KOMPRESSOR” MCHJ ga qarashli AGTKSH bostirmasining 10 kv.m maydonda shifti va tagida turgan “KAMAZ-53212”  rusumli yuk avtomobilida yongʻin yuzaga kelgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Yongʻinga yongʻin qutqaruv ekipajlari soat 22:17da yetib borib, 22:20da oʻrab olinib, 22:38da oʻchirildi.

Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va halok boʻlgan fuqarolar qayd etilmadi. Yongʻinning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.