12-yanvar kuni Yunusobod tumani TXAY-Yangi Yunusobod koʻchalari chorrahasida soat 18:00 larda, haydovchi 1969-y.t. I.B. boshqaruvidagi Matiz avtomashinasida qisqa tutashuv sodir boʻlganligi oqibatida, yongʻin kelib chiqqan.
Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar boʻlmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 10-yanvar Shayxontohur tumanida “VAZ-2107” yonib ketgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!