Boʻston tumani gaz taʼminoti boʻlimi tasarrufidagi suyultirilgan gaz balonlari saqlanuvchi omborda yongʻin sodir boʻldi. Ushbu yongʻin gaz balonlaridan birida roʻy bergan chaqnashdan kelib chiqqan.
Andijon viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, hozirda yongʻin favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan toʻliq oʻchirilgan.
“Hodisa oqibatida bir nafar inson yengil tan jarohati olgani aytilmoqda. Qurbonlar yoʻq. Ayni daqiqalarda barcha tafsilotlarga aniqlik kiritilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!