Yangiliklar

Istanbuldagi kasalxonada oʻzbekistonlik ayol vafot etdi

Istanbuldagi kasalxonada oʻzbekistonlik ayol vafot etdi
Foto: Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi

12-yanvar kuni soat taxminan 20:00 lar chamasida Oʻzbekiston fuqarosi, 1987-y.t. Ozodaxon Tadjibayeva sogʻligʻi yomonlashganligi tufayli Istanbul shahridagi Samatya shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan shoshilinch tibbiy yordamga qaramasdan ushbu vatandoshimizning hayotini saqlab qolishning imkoni boʻlmagan. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar bermoqda.

Marhumaning Turkiyada yaqin qarindoshlari boʻlmaganligi sababli Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi holatga aniqlik kiritib, uning Andijon viloyatida yashovchi yaqinlari bilan aloqa oʻrnatib, voqea tafsilotlari batafsil tushuntirildi.

“Oʻz navbatida, Bosh konsulxona tomonidan holat yuzasidan barcha zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilishi tashkil etilib, marhumaning jasadini qisqa vaqt ichida Oʻzbekiston Respublikasiga joʻnatish choralari koʻrilmoqda”, — deyiladi xabarda.