Yangiliklar

AOKAning Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi nomidan yolgʻon xabarnomalar tarqatilmoqda

AOKAning Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi nomidan yolgʻon xabarnomalar tarqatilmoqda

Xabar berilishicha, internet tarmoqlaridagi ayrim resurslar maʼmurlariga anonim foydalanuvchilar tomonidan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi nomidan yolgʻon xabarnomalar joʻnatilayotgani kuzatilmoqda.

Eslatib oʻtish joizki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Butunjahon internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 707-son qaroriga muvofiq, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz tomonidan axborot sohasida qonunbuzilish holati aniqlangan taqdirda resurs maʼmuriga mazkur axborotni olib tashlash toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.

Bunda Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazning faqatgina quyidagi rasmiy akkauntlaridan foydalaniladi:

  • “Telegram”da: https://t.me/okmbm
  • “Facebook”da: https://www.facebook.com/okmbm.admin
  • “Instagram”da: https://www.instagram.com/okmbm_uz/