Bugun, 15-yanvar kuni Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov rahbarligida hokimlik soati oʻtkazilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda nazoratni susaytirib yuborganligi hamda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupovga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!