Yangiliklar

Jizzaxda tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimi tok urishidan vafot edi

Jizzaxda tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimi tok urishidan vafot edi
Ilyustrativ foto

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida elektr taʼminoti korxonasi xodimi tok urishidan vafot etdi. Bu haqda “Daryo” nashri Bosh prokuratura axborot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishcha, 13-yanvar kuni soat taxminan 17:20 larda Baxmal tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi IIBga xabar berib, unda tumandagi elektr taʼminoti korxonasida elektrmontyor sifatida ishlovchi 47 yoshli T.U. Baxmal tumani, “Oyqor” QFY, “Sartyuzi” qishlogʻi hududida simyogʻochga chiqqan vaqtida tok urib vafot etgani toʻgʻrisida maʼlum qilgan.

Olib borilayotgan tergovga qadar tekshiriuvda hodisa sodir boʻlgan joyga marhum T.U. hamkasbi bilan birgalikda borgani aniqlangan. Ular Baxmal tumani elektr taʼminoti korxonasining “Oyqor” QFY hududiga masʼul xodimlar boʻlib, 13-yanvar kuni “Oyqor” QFY hududida elektr taʼminoti uzilib qolgani uchun ushbu nosoz joyni aniqlash maqsadida tekshiruv ishlarini olib borayotgan boʻlgan.

Marhum T.U. sudga oid tibbiyot ekspertizasidan oʻtkazilib, Gʻallaorol tumani sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida “marhum T.U.ning oʻlimi tananing elektr toki urishi va yonishi” oqibatida yuzaga kelgani koʻrsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.