15-yanvar kuni soat 02:00 larda, Navoiy shahar “I.Karimov” koʻchasida “Matiz” svetoforning taʼqiqlovchi qizil chirogʻida toʻxtab turgan vaqtda, “VOLKSWAGEN ID6 CROZZ PRO” haydovchisi avtomashinani I.Karimov koʻchasining “Makro” savdo majmuasi yoʻnalishi boʻyicha boshqarib kelib, “Matiz”ning orqa qismiga toʻqnashishi natijasida YTH sodir qilgan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB xabar berdi.
Hodisa natijasida “Matiz” avtomashinasining orqa oʻrindigʻida boʻlgan yoʻlovchilar E.U hamda O.Gʻ lar olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!