Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tayvanda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlari yuzasidan bayonot berdi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston tomoni Tayvanda boʻlib oʻtgan saylovlar bilan bogʻliq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“ “Yagona Xitoy” tamoyilini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashimiz va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati Xitoyning yagona qonuniy hukumati, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor maʼlum qilamiz. Oʻzbekiston Respublikasi ikki sohil oʻrtasidagi munosabatlarning tinch yoʻl bilan rivojlanishining qatʼiy tarafdori hamda XXR hukumatining Xitoyni birlashtirish yoʻlidagi barcha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi”, — deyiladi bayonotda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!