Yangiliklar

Oʻzbekistonda hafta davomida sovuq havo saqlanib turadi

Oʻzbekistonda hafta davomida sovuq havo saqlanib turadi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun Oʻzbekiston hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keldi, respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, togʻli hududlarda qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.

Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Choʻl hududlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduzi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliqni, shimolda -3…-8 daraja sovuqni tashkil etadi.

Ertaga faqat respublikaning markaziy, sharqiy va togʻli hududlarida yomgʻir va qor koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik boʻlishi saqlanib turadi. Oʻzbekistonning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Koʻpchilik hududlarda havo harorati kechasi 0…-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi +2…+7 daraja iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi -8…-13 daraja sovuq, kunduzi 0…-5 daraja sovuq boʻladi.

15-16-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Oʻzbekiston boʻyicha ish haftasining oxirigacha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, havo harorati kechalari -3 daraja sovuq, +2 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari +8…+13 daraja iliqqacha asta-sekin koʻtarilishi kutilmoqda.

Poytaxtda 15-yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -1 daraja sovuq, +1 daraja iliq boʻladi.

16-yanvarda vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi -1…-3 daraja sovuq, kunduzi +2…+4 daraja iliq boʻladi.

17-18-yanvar kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorati 17-yanvarda kechasi -1…-3 daraja sovuq, kunduzi +6…+8 daraja iliq, 18-yanvarda kechasi -1 daraja sovuq, +1 daraja iliq, kunduzi +8…+10 daraja iliq boʻladi.