Yangiliklar

Qoraqalpogʻistonda 3 kishiga “prava” olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Qoraqalpogʻistonda 3 kishiga “prava” olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, Qoraqalpogʻistonda 3 kishiga “prava” olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Beruniy tumani boʻlimlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.D. 3 nafar fuqaroni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga fuqaro J.K. dan 2 100 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.