Yangiliklar

Sergelidagi yengil konstruksiyadan qurilgan doʻkonlarda yongʻin kelib chiqdi

Sergelidagi yengil konstruksiyadan qurilgan doʻkonlarda yongʻin kelib chiqdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Bugun, 15-yanvar kuni soat 14:56 da Sergeli tumani, Qanora koʻchasida joylashgan, yengil konstruksiyadan qurilgan doʻkonlarda yongʻin chiqganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga asosan 4 ta yongʻin qutqaruv ekipajlari yongʻinga soat 15:01 da yetib borib, soat 15:05 da yongʻin toʻliq oʻrab olinib, soat 15:12 da batamom oʻchirildi. Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq.

Ayni vaqtda yongʻinning kelib chiqish sababi va zarar miqdori oʻrganilmoqda.