Bugun, 15-yanvar kuni soat 02:51 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasida joylashgan vaqtinchalik ovqatlanish joylarining birida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Bu haqda Toshkent shahar FVB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shunga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajilari voqea joyiga soat 02:55 da yetib borib, yongʻin soat 03:04 da oʻrab olingan va soat 03:09 da yongʻin oʻchirilgan.
Sodir boʻlgan yongʻin natijasida ovqatlanish joyi taxminan 150 kv. m. maydonda yonib zararlangan. Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!