Yangiliklar

1-sentabrdan menejerlik sertifikatiga ega maktab direktorlariga 50 foiz ustama toʻlanadi

1-sentabrdan menejerlik sertifikatiga ega maktab direktorlariga 50 foiz ustama toʻlanadi
Ilyustrativ foto

1-sentabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega maktab direktorlariga lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.

Menejerlik sertifikatiga ega boʻlish talabi quyidagi taʼlim muassasalari direktori lavozimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
  • jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari;
  • sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari;
  • ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
  • alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.

16-yanvaridan boshlab menejerlik kursida taʼlim olish uchun nomzodlarni roʻyxatga olish boshlanadi. Buning uchun nomzodlar maxsus portal (manager.uzedu.uz) orqali roʻyxatdan oʻtib, kurslarda ishtirok etish uchun ariza yuborishlari talab etiladi.

Menejerlik kurslari 2024-yil 1-fevraldan boshlanadi.