Yangiliklar

2023-yilda “Tez yordam”ga eng koʻp yolgʻon chaqiriq qaysi hududdan kelib tushdi?

2023-yilda “Tez yordam”ga eng koʻp yolgʻon chaqiriq qaysi hududdan kelib tushdi?
Foto: SSV matbuot xizmati

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 2023-yilda “Tez yordam”ga eng koʻp yolgʻon chaqiriq qaysi hududdan kelib tushgani boʻyicha maʼlumot berdi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurovga koʻra, 2023-yilda “103” xizmatiga jami 3505 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushgan.

Tahlillar shuni koʻrsatadiki, 2023-yilning oʻtgan oʻn ikki oyi davomida eng koʻp bunday chaqiriq Toshkent viloyatida qayd etilib, bu raqam 630 tani tashkil etdi. Keyingi oʻrinda 518 ta chaqiriq bilan Fargʻona viloyati joylashdi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 502 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.

Eng kam yolgʻon chaqiriq esa Samarqand viloyatida roʻyxatga olindi — 19 ta.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, 2022-yilda Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga kelib tushgan 5 ming 446 ta murojaat yolgʻon chaqiriq deb baholangan edi.