Yangiliklar

Boʻka tumaniga yangi hokim tayinlandi

Boʻka tumaniga yangi hokim tayinlandi

Toshkent viloyati Boʻka tumanining hokimi Nizomiddin Abbosov sogʻligi yomonlashgani tufayli oʻz arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Tuman hokimi lavozimiga Baxtiyor Begmatov tayinlandi.

U bunga qadar Toshkent viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.