Oʻzgidromet bugun, 16-yanvar kuni mamlakatda havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3° sovuq, kunduzi 2-4° iliq boʻladi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, choʻl hududlarda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
TOSHKENT, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
SAMARQAND, QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!