Yangiliklar

Bugun Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Oʻzbekistonga keladi

Bugun Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Oʻzbekistonga keladi
Foto: European Comission

16-yanvar kuni Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Janob Margaritis Sxinas Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan keladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi delegatsiyasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Margaritis Sxinas Prezident Shavkat Mirziyoyev, Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

“Men Markaziy Osiyoning barcha beshta davlatiga sayohatni boshlayman. Tashrif 29-30-yanvar kunlari Bryusselda boʻlib oʻtadigan “Yevropa – Markaziy Osiyo” investorlar forumi oldidan boʻlib oʻtadi hamda Yevropa ittifoqi va mintaqa oʻrtasidagi hamkorlikning ortib borayotganidan dalolat beradi”, — degan u.