Yangiliklar

Rossiyada oʻzbekistonliklar YTH oqibatida halok boʻldi

Rossiyada oʻzbekistonliklar YTH oqibatida halok boʻldi

Bugun, 16-yanvar kuni Rossiyaning Samara oblasti Stavropol rayonida YTH sodir boʻldi, deb xabar bermoqda region prokuraturasi.

Maʼlum qilinishicha, M-5 “Ural” trassasida Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati davlat raqami belgisi boʻlgan Lada Largus va “Gazel” yuk mashinasi oʻzaro toʻqnashgan.

“Samara onlayn” portalining yozishicha, Largus avtomashinasida 7 kishi boʻlgan va ularning barchasi oʻzbekistonlik. YTH oqibatida uch kishi halok boʻlib, toʻrt yoʻlovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Rossiya huquq-tartibot organlari hozircha halok boʻlganlar va jabrlanganlar Oʻzbekiston fuqarolari ekani haqida rasman maʼlumot bermadi.