Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari Islom Jasimov 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.
Islom Jasimov 1957-yil 24-martda Toshkent viloyatida tugʻilgan.
1986-2017-yillar davomida prokuratura organlari tizimida masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat koʻrsatib kelgan.
1993-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy yorligʻi”, 2001-yilda “Shuhrat” medali va 2017-yilda “Doʻstlik” ordeni davlat mukofotlari hamda 2020-yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun “MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi” medali bilan taqdirlangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!