Yangiliklar

Jizzaxda beshta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi, ularning biri yonib ketdi

Jizzaxda beshta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi, ularning biri yonib ketdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

15-yanvar kuni soat 6:50 larda Jizzax viloyatida beshta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, ularning biri yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

M-39 xalqaro yoʻlida Samarqand-Toshkent yoʻnalishida harkatlanayotgan Nexia mashinasi Sharof Rashidov tumani hududida muzlama tufayli yoʻlning harakatlanish qismida toʻxtab qolgan. Shu paytda u bilan bitta yoʻnalishda kelayotgan yuk mashinasi Nexiaʼning orqa qismidan urgan. Oqibatda mashinada yongʻin kelib chiqqan.

Yongʻinni bartaraf etish uchun FVB oʻt oʻchirish boʻlinmasi yetib kelgan. Boʻlinma vaqtni tejash maqsadida qayrilish joyidan burilib kelmagan va qarama-qarshi tomonida yoʻlning harakatlanish qismida toʻxtab yonayotgan mashinadagi olovni oʻchirishga uringan. Shu paytda oʻz yoʻlidan harakatlanib kelayotgan Nexia va Nexia-3 oʻt oʻchirish mashinasiga kelib urilgan.

Hodisada hech kim ogʻir tan jarohati olmagan. Hozirda hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.