Yangiliklar

Mashina oynasidan oʻyinchoq pistoletni chiqarib harakatlangan yigitlar 10 sutkaga qamaldi

Mashina oynasidan oʻyinchoq pistoletni chiqarib harakatlangan yigitlar 10 sutkaga qamaldi

IIV Yoʻl harakati xavsizligi axborot xizmatining xabar berishicha, huquqbuzar yigitlar yarim tunda Navoiy shahri Gʻalabashoh koʻchasida Gentraʼda qoʻliga oʻyinchoq qurol olgan holda harakatlanib, holatni videoga olgan. 

Shundan soʻng, videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylagan.

Mazkur ish jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy shahar sudida koʻrib chiqilgan. Sud qaroriga koʻra, ikki huquqbuzar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybli deb topilib, ularga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.