Ijtimoiy tarmoqlarda “Kosmonavtlar” bekatida yongʻin chiqdi mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK munosabat bildirdi.
Taʼkidlanishicha, 17-yanvar sanasi soat 19:30 lar atrofida “Kosmonavtlar” metro bekatiga kirib kelgan 40-sonli harakat tarkibinining vagon elektr qismida texnik nosozlik holati kuzatilgan. Shu boisdan, yoʻlovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, yoʻlovchilar bekatga tushirilgan hamda mashinist tomonidan belgilangan yoʻriqnomaga asosan, tezkor chora-tadbirlar koʻrilib, nosozlik bartaraf etilgan.
“Bu holat yoʻnalishdagi harakat jadvaliga hech qanday taʼsir koʻrsatmagan. Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yoʻlovchilardan uzr soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!