Bosh prokuratura tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Nuz.uz internet sayti muxbiri Mixail Dovlatov bilan bogʻliq holatga huquqiy baho berish haqidagi soʻrov xati ijro uchun qabul qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Jurnalist bilan bogʻliq holatga aloqador shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
“Shu oʻrinda, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyati va jurnalistlarning huquq va erkinliklari qonun bilan qoʻriqlanishi haqida yana bir bor eslatib oʻtamiz!”, — deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!