Yangiliklar

“Paxtakor” futbol klubi sotuvga qoʻyildi

“Paxtakor” futbol klubi sotuvga qoʻyildi

Prezidentning 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son qaroriga asosan futbol klublari xususiylashtirilishi belgilangan.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan futbol klublarining bir davlat tashkiloti tasarrufida boʻlishi sogʻlom raqobat muhitini yaratishga toʻsqinlik qilishi bildirilgan. Bugungi kunda, futbol klublari davlat tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar tasarrufida qolib, umumiy benefitsiar sifatida davlat boʻlib qolmoqda.

Oʻz navbatida, ushbu holat xalqaro prinsiplarga muvofiq hisoblanmaydi. Shunga koʻra, dastlab jozibadorligi yuqori boʻlgan futbol klublarini xususiylashtirgan holda xususiy sektorning ulushini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.

Shunga koʻra, tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Davaktiv agentligi) “Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda – Aktiv/Jamiyat) boʻyicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganligini eʼlon qiladi.

Davlat aktividan kelgusida foydalanish va sotib olishga qoʻyiladigan talablar:

  • Futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;
  • Futbol klubi balansidagi barcha sport obyektlaridan, shu jumladan futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yoʻnalishlarida foydalanish;
  •  “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.