Yangiliklar

Qahramon Quronboyev Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi etib saylandi

Qahramon Quronboyev Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi etib saylandi

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi taʼsis konferensiyasi boʻlib oʻtdi, unda uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari saylandi.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga Quronboyev Qahramon Qoʻchqorovich saylandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga Inogʻomov Jovdatxon Sultanovich saylandi.

Bunga qadar u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali rahbari lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisining oʻrinbosari lavozimiga Aslonov Abdullo Ubaydulloyevich saylandi.

U bundan avval Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisining yoshlar va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari, “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Maʼlumot oʻrnida, Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.