17-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:45da “Fly Khiva” mahalliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ICE8996 reysi Toshkentga Islandiya poytaxti Reykyavikdan yetib keldi. Boeing 767-304 yuk samolyoti aviakompaniya parkidagi birinchi samolyot boʻldi. Kompaniya vakillari yaqin kelajakda samolyotlar parkini xuddi shu turdagi samolyotlar bilan toʻldirish rejalari haqida maʼlum qilishdi.
Aviakompaniya Dubay (BAA), Istanbul (Turkiya), Dehli (Hindiston) va Gonkongga (Xitoy) yuk reyslarini amalga oshirishni rejalashtirgan. “Fly Khiva” — Urganchda joylashgan mahalliy aviakompaniya boʻlib, “Fly Khiva Group” tarkibiga kiradi. Aviatashuvchi fuqarolik, yuk va biznes aviatsiyasini rivojlantirish maqsadida 2021-yilda tashkil topgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!