Yangiliklar

Toshkentda yuqori qavatdan chiqindi tashlagan huquqbuzarga jarima belgilandi

Toshkentda yuqori qavatdan chiqindi tashlagan huquqbuzarga jarima belgilandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi qurilish obyektlaridan birining yuqori qavatidan pastga chiqindi tashlangani aks etgan video tarqaldi.

Holat Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish natijasiga koʻra mazkur huquqbuzarlik fuqaro I. K. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. I. K. BHMning 5 barobari — 1 million 700 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.