Yangiliklar

Andijonda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi

Andijonda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.R. va F.O. qalbaki 2 000 AQSH dollarini fuqaro G.K. ga 20 mln soʻmga sotishga kelishib, shundan 18 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni berib, evaziga 1 200 AQSH dollari va 5 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanishgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.