Yangiliklar

Hafta soʻnggiga qadar respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

Hafta soʻnggiga qadar respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi
Ilyustrativ foto

19-21-yanvar kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining keskin oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:

  • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining togʻlari);
  • Namangan viloyati Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

“Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, — deyiladi Oʻzgidromet xabarida.